Bir sinfda o’qib yonma-yon, O’tkazdik beparvo bir yilni, Bilmay qoldim qay laxza, qay on, Bong urganin senga ko’nglimni.
So’ng tarqaldik bizlar xar tomon, Baxt izlagan yo’lchi singari. Seni juda sog’indim ishon, Qancha olis ketganim sari.
Yillar o’tdi daryoday oqib, Meni ortga qaytgim keladi. Seni go’zal ko’zingga boqib, Sevaman deb aytgim keladi.
|