So'nggi qo'ng'iroq!Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom, Yuragimdan chiqar dil izhorlarim.
Opalarim, akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so'nggi qo'ng'iroq.
Dillarni titratib so'nggi qo'ng'iroq,
Maktabdargohidan qiladi yiroq.
Ustozlarim ko'zidan tirqiraydi yosh,
Chunki chalinmoqda so'nggi qo'ng'iroq.
Ko'zimda qalqiydi quvonch yoshlarim,
Maktab dargohin tark etar bu kun.
Yangi hayotga ham qo'yishar qadam,
Chunki chalinmoqda so'nggi qo'ng'iroq.
Men ham bir kun kelib tark etarman deb,
Ustozim ko'ziga mayus boqaman.
Aka- opalarim maktabni ketdi tark etib,
Chunki chalinmoqda so'nggi qo'ng'iroq.
Maktab dargohin tark etib ketish,
Men uchun azobdir, bu axir azob.
Yuragimni ezar og'ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda so'nggi qo'ng'iroq.
|